

Taniqli insayder Fabricio Romanoning yozishicha, Saudiya Arabistonining bir necha klublari "Arsenal" yarim himoyachisi Tomas Parti uchun 40 mln evro to'lashga tayyorlar. Jamoa nomlari aniq aytilmagan, ammo ular bir nechta.
Futbolchining o'zi esa hali hech qanday qaror qabul qilgani yo'q. Partida Yevropa klublaridan ham taklif bor. "Arsenal" bilan shartnomani uzaytirish masalasi ko'rib chiqilmayapti.
Ma'lumot uchun, Parti o'tgan mavsum APLda 33 uchrashuvda 3 ta gol urdi.



