
So'nggi yillarda kichik yoshdagi terma jamoalarimizda darvozabon muammosi yuzaga kelgan bir paytda Sarvarning o'yini bizni quvontiryapti.
"Guruh o'yinlari bizning foydamizga hal bo'lganidan xursandmiz. Haqiqiy o'yinlar endi boshlanishini ham unutmasligimiz lozim. Endigi raqibimiz Gonduras maydon egalarini mag'lubiyatga uchratib ikkinchi o'rinni olgan. Bu jamoaga qarshi odatdagidek tayyorgarlik ko'ramiz. Shuni unutmaslik lozim, endigi o'yinlarda durang bo'lmaydi. Buning uchun biz penaltilar seriyasiga ham jiddiy hozirlik ko'ramiz", - deydi darvozabonimiz.
- Guruh davomida qaysi hujumchidan ko'proq cho'chiding?
- Aslida har bir jamoaning hujumchilari yaxshi edi. Lekin solishtirsak Marokash terma jamoasining hujumchilari xavfli bo'ldi.
Nodirxo'ja Yuldashev