Sarri Ronaldu haqida: "Nihoyat uni baxtli ko'ryapman"

Tolibjon Qosimov
8 yanv 2020, 15:29
"Yuventus" bosh murabbiyi Mauricio Sarri hujumchi Krishtianu Ronalduning holati haqida gapirdi.

"Ronaldu tizzasida muammolar his qilmayapti va endi o'zining ajoyib jismoniy va ruhiy holatidan foyda chiqarmoqda.

Nihoyat, uni baxtli ekanligini ko'ryapman. Chunki, uning tizzasi bilan hammasi joyida. Hozir u o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsatishi mumkin", - dedi Sarri.


Ronaldu A Seriyaning oxirgi 5 o'yinida 8ta gol urdi.

Ronaldu faoliyatidagi 56-xet-trikini qayd etdi

Eslatib o'tamiz, noyabr oyida Sarri Krishtianuni ketma-ket ikkita o'yinda zaxiraga olgan va buni futbolchining sog'lig'i bilan muammosi borligi bilan izohlagandi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: abola.pt