Ronaldu faoliyatidagi 56-xet-trikini qayd etdi

Mirjalol Normatov
6 yanv 2020
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu A Seriya doirasida "Kalyari"ga qarshi o'yinda 3 bora raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Bu uning faoliyatidagi 56-xet-triki bo'ldi. Shu orqali u asosiy taqibchisi, 53 xet-trik qayd etgan Leo Messidan yanada uzoqlashdi.

Krishtianu uchun bu xet-trik "Yuventus" tarkibida A Seriyadagi birinchisi bo'ldi. Ushbu mavsumda u Portugaliya termasida va "Yuventus" bilan boshqa turnirlarda xet-trik qayd etishga ulgurdi.

Undan tashqari, Ronaldu A Seriyada xet-trikka erishgan ilk portugaliyalikka aylandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA