Sarri: "Iguain - mashina, kafolatlangan jek-pot"

Mirjalol Normatov
14 okt 2018, 16:22
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri hujumchi Gonsalo Iguainning ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Agarda bu savolga javob bermasam, buni noto'g'ri tushunasizlar. Faqatgina aytishim mumkinki, Gonsalo "Napoli"ni juda erta tark etdi. Agarda u yana bir yil jamoada bo'lganida milliy chempionat sovrinini qo'lga kiritgan bo'lardik.

O'shanda u fantastik mexanizmning bir bo'lagi edi, u bilan bir-birimizni yaxshi tushunardik. Uni juda ham sog'inyapman. Gonsalo gol urish uchun barchasiga tayyor. Iguain - mashina, kafolatlangan jek-pot", - dedi Sarri.

Yozgi transferlar oynasi vaqtida argentinalik hujumchi "Chelsi"ga o'tishi mumkin edi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Standard