Sarri A Seriyada ish boshlashi mumkin

Mirjalol Normatov
1 apr 2021, 22:31
"Roma" rahbariyati bosh murabbiy Paulo Fonsekani iste'foga chiqarishni rejalashtirmoqda.

"Calciomercato" nashrining yozishicha, Rim klubi uning o'rnini Mauricio Sarri bilan to'ldirmoqchi. Qayd etilishicha, klub vakillari murabbiyning agenti bilan uchrashuv olib borgan.

Bunga qadar Sarri "Fiorentina" va yana bir necha klublarning taklifiga rad javobini bergan.

Ushbu mavsumda "Roma" A Seriyadagi 28 o'yinda 50 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato