Sardor Rashidovni "Renn"ga chaqirgan murabbiy iste'foga chiqdi

Mirjalol Normatov
3 dek 2018, 20:10
Sabri Lyamushi "Renn" bosh murabbiyligidan ketdi.

Endi "Renn"ni jamoaning ikkinchi tarkibi murabbiyi Julen Stefan boshqaradi.

Lyamushi "Renn" boshqaruviga o'tgan yili borgandi. Uning qo'l ostida jamoa mamlakat chempionatining o'tgan mavsumini 5-o'rinda yakunlab, Yevropa ligasi saralashiga yo'llanma olgandi.

Hozirda "Renn" "Liga1"ning 15 turidan keyin 14-pog'onada bormoqda. Aynan u o'tgan yili Sardor Rashidovni o'z jamoasiga taklif etgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal