Sancho APL yoki LaLigaga o'tish varianti haqida: "Qarshi bo'lmasdim"

4 sen 2019, 20:50
"Borussiya D" yarim himoyachisi Jeydon Sancho Angliya chempionatiga qaytishi mumkinligini istisno qilmadi.

"Kelajagimni ayta olmayman, lekin APLga qaytishga qarshi bo'lmasdim. Bundan tashqari, LaLiga variantini ham inkor etmayman, ammo hozir hech narsa gapirish mumkin emas. Germaniyada OAV bosimi nisbatan ancha zaif. O'ylaymanki, bu jihat menga e'tiborliroq bo'lishim uchun yordam beradi. "O'ynay olayotganimdan baxtiyorman – bu eng muhimi. Men shunchaki jamoamga yordam beraman va har safar maydonga chiqqanimda nimanidir o'rganaman", – deydi Sancho.

Sancho joriy mavsum Bundesliganing 3 ta o'yinida 2 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. 

O'xshash yangiliklar


Manba: sportbild.bild.de