Sanches Amerika Kubogi guruh bosqichida Chiliga yordam bera olmaydi

Sherzod Nurmatov
13 iyun 2021, 01:57
"Inter" forvardi mashg'ulotda jarohat oldi.

Milanning "Inter" klubi hamda Chili terma jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches Amerik Kubogi guruh bosqichida o'z milliy jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda Chili terma jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mashg'ulotlar chog'ida 32 yoshli forvardning mushaklariga shikast etgan. Uning qachon safga qaytishi noma'lum, biroq u terma ixtiyorida qoladi.

Eslatib o'tamiz, Amerika Kubogi 14 iyun kuni boshlanadi. Chili terma jamoasi "A" guruhida Argentina, Urugvay, Boliviya va Paragvayga qarshi o'ynaydi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: laroja.cl