JCH-2022 saralashi. Arturo Vidalning dubli Chiliga Peru ustidan g'alabani taqdim etdi

14 noya 2020, 08:22
JCH-2022 saralashi doirasida Chili terma jamoasi o'z uyida Peruni qabul qildi.

Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan nihoyasiga etdi. Chilining ikkala goliga ham Arturo Vidal mualliflik qildi.

Chili 3-turdagi g'alabasidan so'ng ochkolari sonini 4 taga etkazdi va 6-o'ringa ko'tarildi. Peruning hisobida esa atigi 1 ochko mavjud va ular 8-o'rinda bormoqda.

Chili - Peru 2:0

Gollar: 1:0 – 20 Vidal, 2:0 – 35 Vidal.

Chili: Bravo, Isla (Kastro, 84), Bosejur, Maripan, Dias, Pinares (Echeverriya, 70), Pulgar (Baesa, 71), Vidal, Orelyana (Andiya, 76), Mora (Sanches, 84), Meneses.

Peru: Galese, Trauko (Gonsales, 76), Advinkula, Abram, Arauxo, Tapiya (Polo, 77), Akino (Kueva, 39), Flores (Lopes, 60), Yotun, Karrilo, Ruidias (Lapadula, 60).

Ogohlantirishlar: Bosejur (41), Tapiya (58), Gonsales (79), Echeverriya (87).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia