Chili terma jamoasi posboni Peru bilan o'yindan so'ng tahdidlarga uchradi va "Instagram"ini o'chirib tashladi

Alisher
5 iyul 2019, 14:44
Chili terma jamoasi darvozaboni Gabriel Arias Kopa Amerikaning yarim final bosqichidan o'rin olgan Peru termasiga qarshi o'yindan so'ng "Instagram" sahifasini o'chirib tashlashga majbur bo'ldi.

Noma'lum kishi darvozabonga tahdid sola boshladi va oilasini o'ldirishga vada berdi. Takidlash lozimki, darvozabon o'yinda qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi.

Vaziyatlardan birida Arias jarima maydonchasidan juda ham uzoqqa chiqib ketdi. Shu sababdan Peru ikkinchi golni urdi.

Chili bronza medallari uchun bo'ladigan kurashda Argentina terma jamoasi bilan o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: isport.ua