Samarqandga katta futbol qaytmoqda, "Dinamo" - "Nasaf" o'yinidan oldin qaynoq GALEREYA

Tolibjon Qosimov
9 mar 2019, 14:39
Bugun, 9 mart sanasida Superliga-2019ning 1-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Samarqandda "Dinamo" jamoasi Qarshining "Nasaf" klubini qabul qiladi. Ushbu o'yin samarqandliklar uchun ma'lum tanaffusdan so'ng yuqori ligamizdagi ilk o'yin ekanligini inobatga olgan holda "championat.asia" xodimi Jahongir Fayzullaev ko'xna shaharda bo'lib turibdi. Jahongir bugun ana shu muhim uchrashuvni imkon qadar ajoyib suratlar yordamida o'quvchilarimiz uchun yoritib borishga harakat qiladi.

Superliga, 1-tur

09.03.2019, shanba

"Dinamo" markaziy stadioni, 16:00

"Dinamo" - "Nasaf"

Hakamlar: Zokir Qodirov, Obid Jumaev, Ruslan Samandarov, Abdurashid Hudoyberganov.

Nazoratchi: Vladislav Seytlin. 

Komissar: Muhammad Sodiq Sodiq-Ohunov.

Uchrashuv boshlanishidan 2 soat oldin ishqibozlar stadionga kelishni boshlab yuborishdi.


"Dinamo" stadioniga muxlislar oqimi davom etmoqda.


Maydon chimining holati yomon emas.


"Nasaf"ning kiyinish xonasi.


"Dinamo"ning maskoti. "Vinni Pux"dagi yo'lbars yodingizdami?


Bugungi uchrashuvni boshqarib boradigan Zokir Qodirov (o'ngdan birinchi) boshchiligidagi hakamlar guruhi.


"Dinamo" va "Barselona" muxlisi.


Jahongir Fayzullaev, Samarqand

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia