Samaris Xitoy, Rossiya va Angliyadan bo'lgan takliflarni rad etdi

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2017, 16:41
"Benfika" yarim himoyachisi Andreas Samaris yanvarda jamoani tark etishni istamadi.

Rahbariyat 27 yoshli futbolchini sotishga tayyorligiga qaramasdan, gretsiyalik mavsumni Portugaliyada yakunlashga qaror qildi.

Samarisning fikricha, hozir klubni o'zgartiradigan vaqt emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Zenit" Samaris uchun 10 mln. evro to'lashga tayyor bo'lgan. Shu bilan birga, futbolchi Xitoy va Angliyadan ham takliflar qabul qilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DN