Saloh so'nggi o'nta o'yinda faqatgina bitta gol urdi. U ham bo'lsa penaltidan

Narzulla Saydullayev
16 apr 2022, 23:58
Muhammad Saloh golsiz seriya qayd etmoqda.

"Liverpul" futbolchisi Muhammad Saloh Manchester Sitiga qarshi o'yinda to'liq harakat qilib, gol ura olmadi. 

Saloh so'nggi 10 o'yinda faqatgina bitta gol urdi. Ushbu gol APL 29-turida "Brayton" darvozasiga penaltidan kiritilgan edi. 

Futbolchi terma jamoasi va klubi tarkibida ketma-ket sakkizta o'yinda gol urolgani yo'q. Bundan tashqari futbolchi JCH saralashi doirasidagi Senegalga qarshi o'yinda ham penaltilar seriyasida xatoga yo'l qo'ygandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Squawka