Saloh o'z qishlog'iga katta miqdorda egulik jo'natdi

Eldor Akmurzayev
18 apr 2020, 21:50
“Liverpul” forvardi Muhammad Saloh navbatdagi xayriyaga qo'l urdi.

27 yoshli futbolchi Misrdagi qadrdon qishlog'i Nagrigga 1000 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini yubordi. Otasining so'zlariga ko'ra, qishloq dezinfekciya qilingan va mahalliy aholiga himoya niqoblar ham tarqatilgan.

Misrda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 2844 nafarni tashkil etmoqda. Ulardan 205 kishi vafot etdi, 646 bemor esa to'liq tuzaldi.

Avvalroq, Muhammad vataniga 1 mln evrodan ko'proq mablag'ni insonparvarlik yordami sifatida jo'natgani haqda xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Egypt Independent