

Forvard koronavirusga qarshi kurash uchun o'z vatani Misrga 1,17 million (20 mln Misr funti) evro xayriya qildi. Bu haqda mamlakatning sobiq sport vaziri Holid Abdulaziz twitter'dagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.
"Saloh COVID-19 (koronavirus)ga qarshi kurash uchun 20 million (taxminan 1 mln Britaniya funti) Misr funtini xayriya qildi. Bu o'z mamlakatidagi sport ramziga aylangan haqiqiy misrlikning harakatidir", deya qayd etgan Holid Abdulaziz.
Avvalroq, mersisaydliklarning boshqa bir a'zosi Sadio Mane ham koronavirusga qarshi kurash uchun o'z vataniga moddiy yordam puli jo'natgandi.



