"Salernitana" tarkibini "Roma" sobiq futbolchisi bilan kuchaytirdi

Sherzod Nurmatov
3 fev 2022, 19:20
Hujumkor yarim himoyachi Diego Perotti "Salernitana" o'yinchisiga aylandi.

Bu haqda Italiya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar mavsum so'ngigacha mo'ljallangan shartnoma tuzishdi.

33 yoshli argentinalik "Salernitana" safiga erkin agent sifatida tekinga qo'shildi.

Perotti "Sevilya", "Jenoa" va "Roma"dagi o'yinlari orqali tanilgan. Uning so'nggi klubi "Fenerbaxche" edi.

Vingerning transfer narxi 1,2 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ussalernitana1919.it