Salax mutloq rekordchi + FOTO

Tolibjon Qosimov
19 noya 2017, 07:50
Kecha Angliya Premer-ligasida 12-tur bellashuvlariga start berildi.

Yurgen Klopp boshchiligidagi "Liverpul" jamoasi o'z maydonida "Sautgempton"ni qabul qildi. "Qizillar" 3:0 hisobida g'alaba o'yinda Muhammad Salax o'z hisobiga ikkita gol yozdirib qo'ydi. Shu tariqa, misrlik futbolchi "Liverpul" tarixiga kirdi. Yani, Salax mersisaydliklar tarkibida APLdagi dastlabki 12ta o'yinda 9ta gol urdi. Oldingi rekord esa APLda "Liverpul" uchun birinchi 12ta bahsda 8ta gol urgan Robbi Faulerga tegishli edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/brfootball