

Manbaning xabariga ko'ra, tomonlar misrlik futbolchi transferi bo'yicha kelishuvga erishgan. Futbolchi Jiddaga Londondan shaxsiy samolyotda uchib keladi. Shuningdek, Muhammad yangi jamoasining Saudiya Arabistoni chempionati 5-turi doirasidagi "Al Hilol"ga qarshi o'yinini bevosita stadiondan tomosha qiladi.
Xabar qilinishicha, futbolchining debyuti 14 sentyabr kuni chempionatning 6-turida "Al Oxdud"ga qarshi uchrashuvga rejalashtirilgan.


