

Asosiy va qo'shimcha bo'limlar 1:0 hisobida yakunlangach, tomonlar keyingi bosqich masalasini penaltilar seriyasida aniqlab olishdi. Unda "kanonirlar" darvozaboni David Rayya raqibning ikkita zarbasini qaytardi va g'alabaga katta hissa qo'shdi.
Uchrashuvdan keyin "Arsenal" vingeri Bukayo Saka fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bu o'zgacha kecha bo'lishini kutgandim. Muxlislar o'yin payti bizga hamma narsani berishdi va biz ularni hammasini yana ishqibozlarimizga qaytardik. David Rayya ajoyib o'yin o'tkazdi. Uni etirof etish shart. U penaltilar seriyasidagi ikkita seyvi bilan biz uchun bu o'yinni yutib berdi", - dedi Saka.




