Saka ketma-ket ikkinchi yil "Arsenal"da mavsum futbolchisi bo'ldi

Aziz Tukhtamuradov
9 iyun 2022, 09:32
"Arsenal"da mavsumning eng yaxshi futbolchisini tanlashdi.

Muxlislar o'rtasidagi so'rovnoma yakunlariga ko'ra, yarim himoyachi Bukayo Saka eng yaxshi bo'ldi. So'rovnomada ishtirok etganlarning 58 foizi Saka uchun ovoz bergan. 

20 yoshli futbolchi ketma-ket ikkinchi mavsumda ham eng yaxshi bo'ldi. Bungacha faqat Terri Anri, Ian Rayt va Liam Breydi ketma-ket "Arsenal"da eng yaxshi futbolchi bo'la olgan. 

Saka ushbu mavsumda klubi safida barcha musobaqalarda 12 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: arsenal.com