Saidazamat Mirsaidov: "Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar, har bir uchrashuvda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz"

Абдулвосит Бектемиров
20 apr 2024, 00:00
O'zbekiston olimpiya terma jamoasining bugungi mashg'ulotida "Olimpik" jamoasi futbolchisi Saidazamat Mirsaidov saytimizga kichik intervyu berdi

- Dastlabki uchrashuv haqidagi fikrlaringiz. Malayziya bizga qanchalik qarshilik ko'rsata oldi?

- Dastlabki o'yinda biroz qiynalganimizni hisobga olmasak, yaxshi O'Yin o'tkazdik va g'alaba qozondik. Raqib zich himoyalandi va hujum qilishga bermadi. Asosiysi g'alaba qozondik.

- Keyingi raqibimiz Quvayt terma jamoasi. Birinchi turda mag'lubiyatga uchragan quvaytliklar bu safar ochko olishga majbur. Ular ertangi uchrashuvda borini berishlari shubhasiz?

- Ertangi o'yinda kichik vazifani bajarimiz va guruhdan chiqamiz. Murabbiylar bilan raqibimizning kuchli va kuchsiz jihatlarini o'rganib chiqdik. Raqibni yaxshi tahlil qildik.

- Pley-off bosqichida dastlabki raqibimiz Iroq yoki Saudiya Arabistoni terma jamoalari bo'lishi mumkin. Ikki jamoa ham Osiyoda o'z nomiga ega. Qaysi raqib biz uchun ko'proq noqulay bo'lishi mumkin?

- Bizga farqi yo'q. Har bir uchrashuvda g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Taqdir qaysi raqib bilan to'qnash kelishimizni aniqlab beradi. Bizga umuman farqi yo'q.



O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia