Rustam Ashurmatov: "Xafamiz deyolmayman, lekin xursand ham emasmiz"

Sherzod Nurmatov
11 okt 2024, 17:47
O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Rustam Ashurmatov Eronga qarshi bahs, Srechko Katanets va bo'lajak raqib haqida fikrlarini bildirdi.

"O'yin yaxshi o'tdi. Muhimi, birinchi o'rinda qoldik. To'g'ri, g'alaba qozonishimiz ham mumkin edi, lekin bu – futbol. Biz ochko yo'qotganimiz bilan raqibimiz ham ochko yo'qotdi. Shuning uchun xafamiz deyolmayman, lekin xursand ham emasmiz. 

Keyingi uchrashuvda o'ynamasligim aniq, chunki 2 ta sariq kartochka olishga ulgurdim. Bunday jarohat bilan oldin ham o'ynaganmiz. Shuning uchun bu narsa o'yinlar va mashg'ulotlarda qatnashishga xalaqit qilmaydi. 

Albatta, murabbiyning yo'qligi o'yinlarda ta’sirini o'tkazadi. Bosh murabbiy o'z nomi bilan bosh murabbiy. U yonimizda bo'lsa, ishonchimiz yana yuqori bo'lishi mumkin edi. Uning o'rnini bildirmaslikka harakat qilamiz.

Har bir jamoani hurmat qilamiz, ammo jamoamiz maydonga faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushadi. Sababi Eron bilan durang o'ynadik, BAAni yutishga majburmiz va qo'limizdan kelgan hamma narsani qilamiz", – dedi Ashurmatov. 

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonning BAAga qarshi uchrashuvi 15 oktyabr kuni 19:00 da start oladi. 

O'zbekiston MTJ: Ashurmatov o'rniga boshqa futbolchi chaqirildi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia