

"O'yinga qattiq tayyorgarlik ko'rgandik. Hayriyat, o'ylagan rejalarimiz ish berdi va g'alaba qozona oldik. Nasib bo'lsa guruh bosqichida ham chiroyli o'yinlar ko'rsatib, muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga rahmat.
Havoning sovib kyetishi o'yinga ta’sir qildimi? Shunday o'yinlar bo'ladiki, ularda havoning ahamiyati yo'q. Asosiysi, maydon qaynab turgan bo'ladi. Shu sababli, sovuq havo o'yinimizga ta’sir qilmadi deb hisoblayman", - deydi Ashurmatov.




