- Ortiqcha tarifga hojat yo'q. Hamma maydonda nimalar bo'lganini o'z ko'zlari bilan kuzatdi.To'g'ri, biz ham, raqib ham shu maydonda to'p surdi. Biroq tan olish kerakki, maydonning sifatsizligi, har ikkala jamoaga o'z o'yinlarini namoyish etishga jiddiy ta’sir o'tkazdi. Futbolda “sen urmasang, senga urishadi” degan maqol bejiz aytilmagan. Jamoamiz bir qator vaziyatlardan unumli foydalana olishmadi. Mehmonlarning birgina havfli vaziyatlari esa gol bilan yakunlandi.
- Jamoa bu yil Oliy ligada jon saqlab qolishi uchun bugungi mag'lubiyatning ham ta’siri bormi?
- Bu savolga ikkinchi davraning yakuniy turlarida javob bera olishimiz mumkin. Lekin haqiqatni tan olish kerak: o'z uyimizda o'tgan uchta turda suv va havodek zarur bo'lgan ochkolarni yo'qotdik. Voqealar rivoji bu tarzda keskin tus olishini kutmagandek.To'p yumaloq va maydon tekis. Oldinda bizni hali 21 ta o'yin kutib turibdi. Biz qolgan barcha uchrashuvlarda vaziyatni to'g'ri tushungan holda, uni his etib maydonga tushamiz.Har bir uchrashuvda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.