Ruslan Ahmedov: "Nazariy jihatdan "Xorazm"da beshlikka kirish imkoniyati bor"

Administrator
15 okt 2023, 20:55
Pro-liganing 21-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Sho'rtan" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Birinchi navbatda muxlislarga rahmat aytaman. Ular bizni oxirigacha qo'llab-quvvatlashdi. O'yin durang bo'ldi, bizda nazariy jihatdan beshlikka kirish imkoniyati nazariy jihatdan bor.

- Hujum chizig'i va vaziyatlarni yakunlay olmaslik haqida...

- Omad yetishmadi. Vaziyatlarni yarata oldik. Bazida kutilmagan joydan gol bo'ladi. Bugun 100% golli vaziyatlarda foydalana olmadik.

- To'lqin Ergashevning harakatlarini qanday baholaysiz?

- Yaxshi harakat qildi, omad yetishmadi. Bizda zaxira bo'yicha muammo bor. Hujumchining jarohati sabab aynan To'lqinni maydonga tushirishga majbur bo'ldik.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia