"Ruis "Barselona"ga ham "Real"ga ham o'tmaydi"

Mirjalol Normatov
21 iyun 2020
"Napoli" sport direktori Kristian Juntoli yarim himoyachi Fabian Ruis haqida gapirdi.

"Fabianning 3 yillik shartnomasi bor va biz buni uzaytirish borasida gaplashyapmiz.

U "Napoli"da qoladi. U bu erdagi barcha narsadan mamnun va Gattuzo bilan ham munosabatlari yaxshi", - dedi Juntoli.

Oldinroq ispaniyalikka "Real" va "Barselona" tomonidan qiziqishlar bo'layotgani aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport