Rugani yozda APLga o'tadi

Mirjalol Normatov
22 mar 2020, 16:56
"Yuventus" markaziy himoyachisi Daniele Rugani "Lester" qiziqishlari doirasida.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, 25 yoshli italiyalik futbolchi yozda "tulkilar" safini to'ldiradi. Turinda etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani sababli "Lester" Ruganiga asosiy tarkibni vada qilmoqda.

Rugani rahbariyat bilan uchrashgan va "Yuventus"dan ketishini ma'lum qilgan. Ayni damda u koronavirusga chalingani sababli shifokorlar nazorati ostida bo'lib turibdi.

Ushbu mavsumda u A Seriyaning 3 o'yinida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph