Rudi Garsiya: “Jahon chempionati-2014 musobaqalariga Fransiya termasini Desham boshqarib borishini istardim”

18 noya 2013, 07:33
“Roma” klubi bosh murabbiyi Rudi Garsiya, Fransiya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi haqidagi ma'lumotni izohlab o'tdi.

“Fransiya terma jamoasini boshqarishni istardimmi? Yo'q. Fransiya terma jamoasini Jahon chempionati-2014 musobaqalariga Desham boshqarib borishini istardim.

Men “Roma” murabbiyi ekanligimdan baxtiyorman. Men bu klubga, uni butun umr boshqaradigandek munosabatda bo'laman”, - deydi Garsiya.

Avval berilgan xabarlarda, Fransiya terma jamoasi mundial yo'llanmasini qo'lga kirita olmagan taqdirda, uni Zinedin Zidan boshqarishi aytib o'tilgan edi.


Manba: sports.ru