
Natija biz uchun qoniqarli bo'lmagani etmagandek, o'yinda ham juda ko'p kamchiliklarga yo'l qo'ydik. Bu o'yin boshqa uchrashuvlardan farq qildi. Avvalgi durang qayd etgan bahslarimizda biz nisbatan yaxshiroq harakat qilgandik. Juda yomon o'yinni o'tkazdik. Bugun men jamoamni tanimadim. Bitta narsa sal odamni xursand qilishi mumkin. Biz juda yomon o'ynab, bir ochko ishladik. Lekin bu xursandchilikka sabab bo'lolmaydi. Bunday holat birinchi bor yuz berishi. Ertaga futbolchilar bilan gaplashib olamiz. Oldinda bizni juda muhim bellashuvlar kutib turibdi.