

Avvaliga, Moskvaning Dinamosi mehmonda Tombovni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. O'yinda gollarni yarim himoyachi Maksimilian Filipp hamda hujumchi Kirill Panchenko urishdi.
Tambov – Dinamo 0:2 (0:1, 0:1)
Mordoviya Arena
Gollar: 0:1 – 41 Filipp, 0:2 – 80 Panchenko.
Tambov – Sheliya, Oyevole, Gogua, Osipenko, Tetrashvili, Chuperka, Karasev, Takazov, Kilin (Mamtov, 77), Markelov (Kostyukov, 46), Appaev (Muyiva, 46).
Dinamo – Leshhuk, Parshivlyuk, Evgenev, Shunich, Pliev, Shimanski, Noyshtedter, Kabore, NʼJi (Grulev, 72), Joaozino, Filipp (Panchenko, 76).
Ogohlantirishlar: Oyevole (25), Kabore (43), Gogua (57).

Kunning navbatdagi o'yini esa Ufa hamda Zenit o'rtasida o'tkazildi va unda kutilmaganda mezbonlar raqiblari ustidan zafar quchishdi. Qayd etish joizki, ufaliklar o'z tarixlarida ilk bora petetburgliklar ustidan muvaffaqiyat qozonishdi. O'yindagi g'alaba to'pini esa Daniil Fomin urdi.
Ufa – Zenit 1:0 (0:0, 1:0)
Neftyanik
Gol: 1:0 – 79 Fomin.
Ufa – Belenov, Tabidze (Alikin, 85), Nedelcharu, Pucko, Suxov, Karp, Giorgobiani, Emelyanov (Till, 66), Fomin, Yokich, Kozlov (Bizyak, 27).
Zenit – Lunev, Duglas Santos, Rakickiy, Smolnikov (Jirkov, 83), Ivanovich, Rigoni (Sutormin, 70), Eroxin (Kuzyaev, 63), Ozdoev, Barrios, Azmun, Dzyuba.
Ogohlantirishlar: Ozdoev (35), Eroxin (46), Fomin (52), Karp (53), Belenov (76), Ivanovich (87), Rakickiy (90).

Krasnodar hamda Lokomotiv uchrashuvi esa 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Hisob mezbonlar darvozaboni Matvey Safonov xatosi tufayli ochildi. U Gjegoj Kryxovyak tomonidan yo'llangan uncha kuchli bo'lmagan zarbani qaytarishda adashdi va natijada to'p darvozadan o'rin oldi. Javob goli esa 1 taymning oxirlarida 19 yoshli forvard Magomed-Shapi Suleymanov tomonidan urildi.
Krasnodar – Lokomotiv 1:1 (1:1, 0:0)
Krasnodar stadioni
Gollar: 0:1 – 5 Kryxovyak, 1:1 – 42 Suleymanov.
Krasnodar – Safonov, Spayich, Foluson, Petrov, Stockiy, Utkin (Namli, 68), Olsson, Vanderson, Vilena (Kambolov, 71), Suleymanov, Ignatev (Berg, 76).
Lokomotiv – Gilerme, Xevedes, Chorluka, Serkeyra, Jivoglyadov, Barinov, Miranchuk (Miranchuk, 72), Jemaletdinov, Kryxovyak, Idovu, Smolov (Djordjevich, 84).
Ogohlantirishlar: Jivoglyadov (38), Vilena (46), Jemaletdinov (55), Vanderson (56), Idovu (83).





