RPL. "Rostov" darvozasiga o'nta gol urildi

20 iyun 2020, 00:08
Rossiya chempionati 23-turidan o'rin olgan "Sochi" - "Rostov" o'yini nihoyasiga etdi.

Asosiy jamoa futbolchilari karantinda bo'lgani bois mazkur bahsda "Rostov"ning 2001-2004 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari maydonga tushirildi. Dastlab, o'yinning ilk daqiqasida mehmonlar yarim himoyachisi Roman Romanov hisobni ochdi, ammo buning badali juda og'ir bo'ldi. Qolgan vaqt mobaynida "Sochi" futbolchilari qatorasiga 10ta gol urgani holda g'alabani rasmiylashtirdi.

Rossiya chempionati musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.

Sochi – Rostov 10:1 

19 iyun, 22.00, "Olimpiyskiy stadion Fisht"

Gollar:

0:1 – 1 Romanov, 1:1 – 6, avtogol Abramov, 2:1 – 15 Kokorin, 3:1 – 44 Kokorin, 4:1 – 45 Zabolotnyy, 5:1 – 47 Zabolotnyy, 6:1 – 51 Kokorin, 7:1 – 53 Novoselcev, 8:1 – 74 Poloz, 9:1 – 86 Poloz, 10:1 – 87 Koldunov.

Sochi – Djanaev, Margasov (Imbula, 60), Nabiullin, Novoselcev (Milyutin, 56), Zaika, Mostovoy, Burmistrov (Koldunov, 69), Mevlya, Miladinovich, Kokorin (Bokovoy, 69), Zabolotnyy (Poloz, 60).

Rostov – Popov, Girnyk, Abramov, Kalistratov, Kupriyanov (Kashtan, 73), Romanov (Kochkanyan, 46), Kolotievskiy (Kornienko, 46), Gorelov, Topuriya (Komarov, 61), Rogava, Xromov (Stavcev, 80).

Ogohlantirishlar:

Girnyk (26), Margasov (38), Burmistrov (42), Topuriya (43), Gorelov (63).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia