RPL. "Nijniy Novgorod" safarda "Rostov"ni mag'lubiyatga uchratdi, Ibrohimhalil Yo'ldoshev 62 daqiqa o'ynadi

Sherzod Nurmatov
3 apr 2022, 00:56
Rossiya chempionati 23-turidan o'rin olgan "Rostov" – "Nijniy Novgorod" bahsi poyoniga etdi.

Unda mehmonlar g'alaba qozonishdi. Mazkur o'yinda O'zbekiston terma jamoasi chap qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev 62 daqiqa maydonda harakatlandi. 

"Nijniy Novgorod" 23 o'yindan keyin 27 ochko to'plab, Rossiya Premer-ligasida 9-o'rinda bormoqda. 

Rostov – Nijniy Novgorod 1:2 

Rostov-Arena

Gollar: 0:1 – 7 Ennin, 1:1 – 25 Shetinin, 1:2 – 45 Stockiy.

Rostov – Pesyakov, Silyanov, Osipenko, Melexin, Poyarkov (Langovich, 66), Bayramyan (Suxomlinov, 66), Glebov, Shetinin, Tugarev (Golenkov, 83), Poloz, Sou (Komlichenko, 66).

Nijniy Novgorod – Nigmatullin, Gocuk, Masoero, Kakkoev, Yo'ldoshev (Tkachuk, 62), Berkovskiy (Sharipov, 46), Kalinskiy, Kravcov, Stockiy (Miladinovich, 87), Ennin (Gorbunov, 74), Suleymanov.

Ogohlantirishlar: Poyarkov (9), Tugarev (52), Miladinovich (89).

Eslatib o'tamiz, nijniy novgorodliklarning keyingi o'yini 9 aprel kuni Moskvaning "Dinamo" klubiga qarshi kechadi.

Turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia