RPL. SSKA "Nijniy Novgorod"ni mag'lub etdi. Mario Fernandes va Ibrohimhalil Yo'ldoshev o'rtasida jiddiy to'qnashuv yuz berdi

Narzulla Saydullayev
5 mar 2022, 23:34
Rossiya Premer Ligasining 20-turida "Nijniy Novgorod" SSKAga mag'lub bo'ldi.

O'yinning 84-daqiqasida Ibrohimhalil Yo'ldoshev va SSKA o'yinchisi Mario Fernandes o'rtasida jiddiy to'qnashuv yuzaga keldi.  Havodagi to'qnashuv natijasida Mario Fernandesning burni sindi. Ikkala o'yinchi ham zaxiraga olindi.

SSKA - Nijniy Novgorod 1:0

Gol: 1:0 – 90 Yazydji.

SSKA – Akinfeev, Fernandes (Nababkin, 85), Diveev, Biyol, Fuks (Edjuke, 56), Oblyakov, Dzagoev (Zaynutdinov, 46), Medina (Yakovlev, 57), Gbamen, Karraskal (Axmetov, 75), Yazydji.

"Nijniy Novgorod" – Nigmatullin, Gocuk, Kechkesh, Aleksandrov, Yuldoshev (Tkachuk, 89), Kalinskiy, Larsen, Kravcov, Stockiy, Ennin (Berkovskiy, 74), Milson (Masoero, 45).

Ogohlantirishlar: Larsen (31), Karraskal (44), Yazydji (60).

Chetlatish: Kechkesh (42).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia