

Rossiya klubi "Olimpik" hujumchisi bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzdi.

Ruslan Jiyanov mavsum oxirigacha ijara asosida "Olimpik"da o'ynaydi. Bu shartnoma shartlari ro'yxatidan o'rin olgan. Avvalroq bu haqda ma'lumot bergan edik.
Ruslan Jiyanov o'tgan mavsum Superligada 25 ta o'yinda 5 ta gol urgan va 4 ta golli pas uzatgan edi.
Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston terma jamoasi qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev aynan "Nijniy Novgorod"da to'p tepadi.



