Ro'ziqul Berdiev Tailandga boradimi? "Nasaf" bosh murabbiyi javob berdi

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2020
Bugun "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev O'zbekiston U-23 terma jamoasiga yordam berish maqsadida Tailandga chaqirtirilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bunga oydinlik kiritish maqsadida "Nasaf" ustoziga qo'ng'iroq qildik.

"Tailandga borishim haqida hozircha hech kim murojaat qilmadi. O'zim ham bu xabarni ijtimoiy tarmoqlarda o'qib, xayron bo'ldim. Ayni paytda bor e'tiborim "Nasaf"ga qaratilgan" - dedi, Ro'ziqul Sadullaevich.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia