Ro'ziqul Berdiev: "Bunyodkor"ni tabriklayman, lekin chempionlik uchun kurashamiz"

Narzulla Saydullayev
25 sen 2013, 20:39
O'zbekiston kubogi finali doirasidagi "Nasaf" - "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab "ajdarlar" ustozi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.
"Avvalo "Bunyodkor"ni kubok sohibi bo'lgani bilan tabriklayman. Bugun bizda tezkorlik u qadar yaxshi bo'lmadi. Sababi Gadoev maydonga tushmadi, Muhammadiev esa faqat ikkinchi bo'limdagina maydonga tushdi".

"Endi albatta chempionlik uchun kurashamiz. Qarshida "Bunyodkor" bilan o'yinimiz bor. O'sha o'yin biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi".

"Nasaf" to'rtinchi marta kubok finalida mag'lub bo'ldi. Bu finallarning bari Toshkentda bo'lib o'tgan. Bu yerda muxlislarimiz kamligi uchun ham finalni neytral maydonda o'tkazish taklifi bilan chiqqandik. Biroq baribir qaror o'zgarmadi. Keyingi yillarda qaysi jamoa finalga chiqishidan qatiy nazar o'yin neytral maydonda bo'lsa yaxshi bo'lardi".


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia