Ro'ziqul Berdiev: ""Al Sadd"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilardik"

Aslanov Jasurbek
3 okt 2023, 00:18
"Nasaf" hamda "Al Sadd" uchrashuvidan (3:1) so'ng mezbon jamoa ustozi Ro'ziqul Berdiev va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Aziz Amonov matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Ro'ziqul Berdiev: "Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Yigitlarga alohida rahmat aytaman, yaxshi mehnat qilishdi. "Al Sadd"ning kuchli va kuchsiz tomonlarini bilardik, shundan kelib chiqib o'ynadik."

Aziz Amonov: "Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. O'zbekiston nomidan maydonga tushdik va yuzimiz yorug' bo'ldi. Bugungi urgan gollarim jamoadoshlarim tufayli sodir bo'ldi".

- OCHLda ko'rsatgan o'yinning 50%ni namoyish etilsa ham "Nasaf" Superligada g'alaba qozongan bo'lardi. Aziz Amonovga savol. Gol urishingizning asosiy sabablari nima deb ayta olasiz?

Berdiev: "O'yinlar bir-biriga o'xshamaydi va katta o'yinlarga motivaciya boshqacha bo'ladi. Ochiq o'yin namoyish etadiganlar bilan osonroq o'ynaymiz. Har bir o'yinda maksimal harakat qilamiz, jiddiy yondoshamiz.

Amonov: "Har bir bahsda gol urish uchun maydonga tushamiz. Bazida o'xshaydi, bazida yo'q. Bugun nasib qilgan ekan, jamoamga foydam tekkanidan xursandman".

- "Al Sadd" posboni ustidan to'pni tashlab qo'ygan golingiz faoliyatingizdagi eng chiroylisimi?

Amonov: "Har bir gol o'ziga yarasha chiroyli. Asosiysi uning muhimligi".

- Bu g'alaba O'zbekistonning obro'yiga katta ta’sir ko'rsatadi. "Nasaf" chiroyli o'yin ko'rsatdi. 80-daqiqadan so'ng jamoa biroz bo'shashdi, bu Superligada ham sodir bo'lyapti...

- Har bir o'yinda futbolimiz darajasini ko'rsatib berishga harakat qilishimiz kerak. Raqib kim bo'lishidan qatiy nazar ishonch bilan harakat qilishimiz lozim. Ruyxiy tayyorgarlik joyida bo'lishi kerak. Bugun xursandchilik qilaylik, qolganini to'g'irlaymiz.

- Shuhrat Muhammadievni zaxiraga olish majburiy bo'ldimi?

- Shunday. Uning harakatlaridan oqsashni sezganimdan so'ng uni almashtirishga majbur bo'ldim.

- Bahrom Abdurahimov nega asosiy tarkibda maydonga tushmadi?

- Markazda futbolchilarimiz ko'pligi tufayli rotaciyalarga qo'l uryapmiz. O'sha hududlarda muammolar kamroq. 

- "Sharja"ning himoyaviy o'yin ko'rsatishidan qo'rqmaysizmi?

- "Sharja" hamda "Al Sadd" o'rtasidagi bahsni ko'rish jarayonida bunga e'tibor berdik. Ular yotib olishmadi. "Sharja" bilan bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia