Ro'zimboy Ahmedov: “Buxoro” bilan uyimizda o'ynayotganimiz bizga ustunlik beradi”

Narzulla Saydullayev
26 avg 2016, 13:13
Oliy liganing 20-turida “Andijon” o'z maydonida “Buxoro”ni qabul qiladi. Mazkur o'yindan oldin “burgutlar”ning tajribali hujumchisi Ro'zimboy Ahmedov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Vodiy derbisi qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng bugungi uchrashuvga bo'lgan tayyorgarlik haqida nima deysiz?
- “Neftchi”  bilan o'yinda ko'p kuch yo'qotdik deb o'ylayman. Chunki bu kabi derbi bahslarida ikki hissa kuch bilan o'ynaysiz. Oson o'yin bo'lmadi. Og'ir o'tgan bahsdan so'ng o'zimizga kelib olish uchun vaqt kerak edi. “Buxoro” bilan o'yinga qadar orada biroz tanaffus bor edi va bo'lajak uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rdik. Uyimizda o'ynayotganimiz  bizga ustunlik beradi. To'g'ri, oson o'yin bo'lmaydi. Lekin qo'ldan kelganicha xarakat qilib, bor kuchni ishga solamiz.

- “Buxoro ” jamoasi haqida qanday fikrdasiz?
- “Buxoro” hozirgi kunda chempionatimizdagi kuchli jamoalardan biridir. E'tiborgan bersangiz, joriy yil tarkibini sezilarli ravishda kuchaytirishga erishdi. Tajribali o'yinchilarni o'z safiga qo'shib oldi. Bizning oldimizdagi maqsad esa bitta-qaysi jamoa bo'lmasin faqat g'alaba qozonish. Qolaversa ashaddiy ishqibozlarimiz ham har bir bahsda jamoadan faqat g'alaba kutadi.

- Mustaqilligimizning 25 yillik bayrami arafasida turibmiz. Bayram tabriklari bo'lsa marhamat.

- Eng ulug', eng aziz bayramimiz oldidan butun O'zbekiston ahlini tabriklayman! Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin. Xalqimizga eng samimiy va yaxshi tilaklarni tilayman. Xonadonlaringizdan fayz va baraka arimasin. Bunday bayramlarni ko'pini ko'rib yuraylik. Biz futbolchilar faqat g'alaba bilan muxlislarimizni xursand qilish nasib qilsin.

- Hujumchi bo'lganingiz uchun muxlislar sizdan doim gol kutadi...

-“Andijon” safidagi ilk golimni “Lokomotiv” bilan o'yinda kiritgandim. Nasib qilsa qolgan uchrashuvlarda ham o'z gollarim bilan jamoamga foyda keltirib, muxlislarni quvontiraman degan umiddaman. O'ylaymanki bu borada jamoadoshlarim meni har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi.  
 
Dildora Xolboeva suhbatlashdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia