Rojers: “Balotelli dunyoning har qanday jamoasida o'ynashi mumkin”

Narzulla Saydullayev
2 avg 2014, 19:00
“Liverpul” bosh murabbiyi Brendan Rojers, “Milan” hujumchisini iqtidorli futbolchi sifatida tan olishini ta'kidladi.
Ma'lumotlarga ko'ra, “qizillar” Luis Suares o'rniga hujumchi qidirishmoqda.

“Balotelli juda iqtidorli. Men buni “Inter”da o'ynagan kezlarida sezgangman. Undan so'ng esa “Manchester Siti”ga o'tdi va hozirgacha u diqqat markazimizda.

Unda barcha kerakli qobiliyatlar bor. Bo'yi uzun, tezkor, ajoyib driblingga ega va gollar urishga qodir. Italiyaga o'ynash uchun qaytdi va hozir ham yosh. Agar u biror-bir maqsadga to'g'ri intila olsa, dunyoning har qanday jamoasida yuqori darajada o'ynashi mumkin” – deydi Rojers.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com