Roys "Borussiya"ga qarshi maydonga tushishi mumkin

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2016, 11:41
Dortmundning "Borussiya" muxlislari va jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel klub tibbiy shtabidan xushxabar eshitishdi.

Hujumchi Marko Roys 5 yanvardan boshlab umumiy guruh mashg'ulotlarida ishtirok eta boshlaydi.

Hozircha futbolchi mashg'ulotlarda to'laqonli ishlay olmaydi. Roys Menxengladbaxning "Borussiya"siga qarshi Bundesliganing 18-tur uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. Bahs 23 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

"Ayntraxt"ga qarshi Germaniya chempionatining 16-tur uchrashuvidan so'ng Roysda mushak jarohati aniqlangan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild