Rossiyalik futbolchiga Germaniyadan takliflar bor

28 iyun 2020, 00:34
SSKA hujumchisi Fyodor Chalov faoliyatini nemis Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Fussballtransfers.com xabariga ko'ra, moliyaviy muammolar girdobida qolgan Moskva "armiyachilari" Chalovni sotishga qarshi emas. 22 yoshli hujumchining xizmatlariga Germaniyaning bir qator klublari ehtiyoj sezyapti. Jumladan, "Bayer", "Volfsburg" va "Xoffenxaym" klublari Chalovning atrofidagi vaziyatni kuzatib borishmoqda.

Takidlanishicha, SSKA o'z forvardi uchun 10 mln evro va qo'shimcha bonuslar so'ramoqchi ekan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Fussballtransfers.com