Rossiyalik futbolchi o'z faoliyati davomida ikkinchi marta chalqancha aylangan holda penaltini golga aylantirdi

Оқил Абдубарноев
5 okt 2022, 20:26
Rossiyalik futbolchi Norik Avdalyan noodatiy tarzda penalti tepdi.

Rossiyaning “Nefis Qozon” havaskor klubi safida u yana o'zining noyob nayrangini ishlatdi.


26 yoshli vinger penaltini go'yo oddiy amalga oshirmoqchi bo'lgandek nuqtaga yaqinlashdi va uni o'ziga xos tarzda ijro etdi.

Avdalyan to'rt yil avval Qozonning “Rubin” yoshlar jamoasi safida ilk bor shunday urinishi bilan shov-shuvga sabab bo'lgandi.


O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: The Sun