Rossiya terma jamoasi Germaniya, Italiya va Fransiya bilan nazorat uchrashuvi o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
22 sen 2016, 15:57
Rossiya futbol ittifoqi (RFI) prezidenti Vitaliy Mutko Rossiya terma jamoasining navbatdagi taxminiy raqiblari nomini e'lon qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, rossiyaliklar Germaniya, Italiya va Fransiya bilan nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirmoqda. Mutkoning aytishicha, fransiyaliklar Rossiya terma jamoasi bilan o'yin o'tkazish borasida "qarzdor".

Rossiya terma jamoasi bu nazorat bahslarini 2017 yilda bo'lib o'tadigan konfederatsiyalar kubogigacha o'tkazib olmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia