Rossiya premer ligasi: Derbida Ari SSKAni "chaqib" oldi, Afonin o'ynagan o'yinda esa "Anji" g'alaba qozondi

21 iyul 2017, 23:45
Rossiya chempionatining 2-turidan o'rin olgan dastlabki ikki bahs o'z nihoyasiga etdi.


Moskva derbisida SSKA o'z uyida "Lokomotiv"ni qabul qildi. Hamyurtimiz Vitaliy Denisov ushbu bahsda jarohati tufayli jamoasiga yordam bera olmadi.
Lekin shunga qaramay "Loko" mehmonda SSKAni munosib tarzda mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Farfan, Ari va Tarasov kiritgan gollarga SSKAdan Vitino birgina gol bilan javob qaytardi.
"Lokomotiv"ga g'alaba keltirgan gollarda esa SSKA himoyachisi Vasinning yo'l qo'ygan xatolari jamoasiga qimmatga tushdi.

Turning ikkinchi uchrashuvi esa Maxachqalada bo'lib o'tdi.
Yana bir hamyurtimiz Vadim Afonin to'p surayotgan "Anji" jamoasi "Amkar" bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda Afonin to'liq o'ynadi va Brizgalovning kiritgan goli maydon egalariga g'alaba keltirdi.


Rossiya chempionati, 2-tur. Turnir jadvali.

SSKA – Lokomotiv 1:3

SSKA

Gollar
: 0:1 – 23 Farfan, 1:1 – 42 Vitino, 1:2 – 66 Ari, 1:3 – 74 Tarasov.

SSKA
– Akinfeev, Vasin, Berezuckiy, SHHennikov (Milanov, 81), Berezuckiy, Dzagoev (Olanare, 68), Vernblum, Golovin, Natxo (Chalov, 53), Fernandes, Vitino.

Lokomotiv
– Gilerme, Tarasov, Kverkveliya, Peychinovich, Miranchuk, Barinov, Denisov, Fernandesh, Farfan, Ari (Miranchuk, 86), Lysov.

Ogohlantirishlar
: Kverkveliya (47), Tarasov (54), Farfan (58), Golovin (83), Denisov(85).


Anji – Amkar 1:0

Anji-Arena

Gol
: 1:0 – 23 Bryzgalov.

Anji
– Solosin, Brizgalov, Poluyaxtov, Musalov, Fibel, Danchenko (Bazelyuk, 70), Vadim Afonin, Karasev (Guliev, 55), Yakovlev, Mamtov (Kacaev, 71), Markelov.

Amkar
– Nigmatullin, Sivakov, Idovu, Zanev, Zaycev, Shavaev (Komolov, 40), Gigolaev (Konde, 46), Kostyukov, Gol (Salugin, 64), Bodul, Gasilin.

Ogohlantirishlar: Brizgalov (11), Gigolaev (39), Poluyaxtov (45), Sivakov (46), Konde (75), Salugin (85), Kostyukov (89).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia