Rossiya kubogining nimchorak finalida ishtirok etuvchi barcha jamoalar nomi ma'lum

22 sen 2017, 01:45
Rossiya kubogi 1/16 finalidan o'rin olgan barcha uchrashuvlar nihoyasiga yetib, 1/8 finalda qatnashadigan jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, RPFLning bir yo'la o'nta jamoasi ushbu bosqichdan keyinoq musobaqa bilan xayrlashishga majbur bo'lishdi. Rossiya kubogini  Anji, Krasnodar, Dinamo, Arsenal, SSKA, Ural, Axmat, Ufa, Lokomotiv i Zenit singari jamoalar tark etishdi.

1/8 finalda jamoalar quyidagicha juftlikda chorak final yo'llanmasi uchun kurash olib borishadi.

Dinamo SPb - SKA-Xabarovsk

Olimpiec - Shinnik

Avangard Kursk – Tambov

Rostov - Amkar

Spartak Moskva – Spartak-Nalchik

Krylya Sovetov - Rubin

Tom - Tosno

Enisey - Luch-Energiya

Ushbu bosqichning barcha o'yinlari 25 oktyabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan. Mazkur juftlik g'oliblari 2018 yilning mart oyida bo'ladigan chorak final bellashuvlarida ishtirok etishadi. Musobaqaning yarim final bahslari aprel, final o'yini esa 9 may kuni bo'lib o'tadi. 


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia