Rossiya chempionatining kelasi mavsumi qachon boshlanishi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2019, 16:53
Bugun, 2 aprel kuni Rossiya Premer-ligasi vakillari yig'ilish o'tkazishdi.

Ushbu yig'ilishda Rossiya chempionatining keyingi mavsumi qachon boshlanishi ma'lum bo'ldi.

Liganing "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida, RPLning 2019-20 mavsumi 14 iyulda start olishi e'lon qilindi. Shu kuni chempionatning 1-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi. So'nggi, 30-tur 2020 yilning 17 may kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/rfpl