Rossiya chempionatidagi legionerlar. Ko'zguda Vitaliy Denisov

23 dek 2014, 16:07
Rossiya chempionatining birinchi davra o'yinlari o'z yakuniga etdi. Quyida biz legionerlarimizning birinchi davradagi statistikalariga e'tibor qaratib o'tamiz.
Bugun Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisovning ushbu mavsumdagi ishtiroki bilan tanishtirib o'tamiz.


Vitaliy Denisov - "Lokomotiv".



O'yinlari soni: 16

O'yindagi o'rtacha qoida buzishlari: 1,39

Yakka kurashlardagi muvaffaqiyati soni: 85

To'pni raqibdan olib qo'yish: 28

Aniq to'p uzatish: 75%


Himoyadagi ishtiroklari:

Raqibdan to'pni olib qo'yish: 57 marotaba

Yakka kurashlardagi g'olibliklar: 28 marotaba

Raqib futbolchilari bilan to'qnashuv: 154 marotaba

To'pni o'z jarima maydonchasidan uzoqlashtirish: 32 marotaba

To'p uzatmalari soni: 583

Jarima maydonchasi ichiga to'p oshirishlari soni: 35

Aniq to'p oshirishlar: 26

Darvoza tomon tepgan zarbalari aniqligi: 33%

Golli to'p uzatmalar: 2

Muvaffaqiyatli driblinglari soni: 10

Ogohlantirishlar: 3

Chetlatish: 1

Qoida buzishlar: 21

Unga qarshi qoida buzilishlari: 21





Rossiya kubogidagi statistika:

Ishtirok etgan o'yinlari soni: 2

O'ynagan daqiqalari: 180

Gol: 1


Vitaliy Denisovning statistikasi va ishtiroklariga e'tibor qaratadigan bo'lsak, unda himoyachimiz so'nggi yillarda ancha o'sishga erishganiga ko'zga tashlanadi. Vitaliy Denisov hozirda "Lokomotiv" jamoasining almashtirib bo'lmas futbolchilar sirasiga kiradi. U nafaqat himoyada jonbozlik ko'rsatmoqda, balki jamoasi hujumlarini tashkil etishda ham o'z faolligi bilan ajralib turibdi. Bir so'z bilan aytganda, Denisov "temiryo'lchilar"ning yetakchilaridan biriga aylanib ulgurgan.



Umid qilamizki, Vitaliy Denisovning boy tajribasi va mahorati bizga Osiyo kubogi o'yinlarida katta yordam beradi. Denisov uchun 2014 yil muvaffaqiyatli o'tdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Vitaliy futbolchi sifatida ushbu yilda ancha o'sishga erishgani  hech kimga sir emas. Endilikda Denisov yangi 2015 yilni ham juda omadli boshlashi mumkin. Denisov terma jamoamiz bilan birgalikda yilni Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati musobaqadagi ulkan g'alabalar bilan boshlashiga tilakdoshmiz.


Shahboz Beg'amov tayyorladi.

Manba: championat.asia