"Ronalduni MYUga qaytarish mening qarorim edi"

Tolibjon Qosimov
6 mar 2024
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher "Sky sports" ekspertlari Roy Kin, Gari Nevill, Jimmi Karrager hamda Ian Raytga katta intervyu berdi.

Unda Oledan Krishtianu Ronalduning 2021 yildagi MYUga transferi haqida ham so'raldi.

"Klub mendan so'radi: "Biz bunga urinib ko'rishimizni xohlarmiding?", va men "ha" dedim. Bu mening qarorim edi. Bizda Krishtianu bilan hech nima o'xshamadi, lekin bu to'g'ri tanlov edi.

Biz to'p bilan bo'lganimizda Ronaldu bilan umuman muammo bo'lmasdi. Lekin, to'psiz paytimiz... Ronaldu kelguniga qadar biz APLning eng ko'p pressing qiladigan jamoalaridan biri edik".


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/WeAreTheOverlap