Ronaldudan keyin Messi ham FIFA marosimiga bormaydigan bo'ldi

Aslanov Jasurbek
24 sen 2018, 14:18
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi FIFAning yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida ishtirok eta olmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, yilning eng yaxshi futbolchisi uchligiga kirmagan argentinalik forvard shaxsiy sabablarga ko'ra uyida qoladi.

Eslatib o'tamiz, FIFA tomonidan topshiriladigan sovringa "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu, "Real" yarim himoyachisi Luka Modrich va "Liverpul" xavbeki Muhammad Saloh da'vogarlik qilmoqda.

FIFA marosisi 24 sentyabr kuni Londonda bo'lib o'tadi.

Ronaldu bugun FIFAning taqdirlash marosimiga bormasligi ma'lum bo'ldi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo